"Liverpul" Madrid klubi hujumchisiga qiziqmoqda
"Liverpul" joriy haftada Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Aleksandr Syorlot bilan bog‘landi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 30 yoshli forvardning narxi tufayli uni yaqin orada sotib olishi dargumon. Jurnalist Matteo Morettoning Marca nashriga ma’lum qilishicha, "matraschilar" Syorlotning ehtimoliy transferini 35-40 mln evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda "Atletiko" forvardi barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 20 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar