“Liverpul”: Muhammad Saloh o‘rnini undan zo‘ri egallaydi

  • 28 aprel, 2021, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” asosiy hujumchisi Muhammad Salohni ushlab qolishiga ishonmayapti. Birinchidan, misrlik futbolchining bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan munosabati yaxshi emas. Ikkinchidan, Saloh anchadan beri Ispaniya chempionatida to‘p tepishni orzu qilyapti.

Liverpulliklar Muhammad Saloh ketadigan bo‘lsa, o‘rniga “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni olib kelmoqchi. Biroq, Klopp jamoasiga 21 yoshli futbolchini olib kelish oson bo‘lmaydi.

Chunki Jeydon Sanchoga “Manchester Yunayted” anchadan beri jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Chelsi” ham ingliz futbolchisiga da’vogarlar qatoriga qo‘shildi.

Sancho joriy mavsumda barcha turnirlarda 33 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 16 ta golli pas uzatdi. Dortmundliklar ham yozda bu futbolchini transfer qilishga qarshi emas. Qolaversa, “Borussiya” Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmasa, yulduzlarini ushlab qolish qiyin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!