
“Liverpul” Muhammad Salohdan ayrilib qoladi
“Liverpul” rahbariyati Muhammad Saloh bilan tezroq kelisha olmasa, keyingi yillardagi asosiy to‘puraridan ayrilib qolishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilarining yangi shartnoma bo‘yicha navbatdagi urinishi ham samara bermagan va misrlik hujumchi taklifni qabul qilmagan.
Muhammad Saloh faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishga qarshi emas. Lekin bu ko‘p jihatdan klub xo‘jayinlarining qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Mohir to‘purar klub uning maoshini oshirishini talab qilmoqda. Muzokaralarda tomonlar bir to‘xtamga kelmagan.
Salohning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Yaqinda futbolchining o‘zi “Liverpul”dan ketadigan bo‘lsa ham Angliya premer-ligasida qolishga tayyor ekanini bildirgandi.
Fikrlar