"Liverpul" muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

  • 25.02.2025 17:41
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hujumchi Muhammad Saloh "Liverpul" bilan yangi shartnomani imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar faol muzokaralar olib bormoqda, hammasi ijobiy ruhda davom etmoqda. Bunga Salohning ajoyib mavsum o‘tkazayotganligi va jamoaning etakchi o‘yinchilaridan biri ekanligi asosiy sabablardan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad va "mersisaydliklar" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2025 yil iyun oyi oxirida tugaydi. 32 yoshli misrlik futbolchining transfer narxi 55 million evroni tashkil etadi.Vinger Premer-liganing joriy mavsumida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol va 16 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!