
"Liverpul" muxlislari uchun nohush xabar!
"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Jordan Xenderson jarohat olib uch haftaga safdan chiqdi.
Mersisaydliklar ustozi Yurgen Kloppning so‘zlariga ko‘ra Xendersenning tizzasida jarohati bor.
“Xendersonning jarohati yanada jiddiy bo‘lishi mumkin edi. Keyn xuddi shunday jarohat bilan uzoq muddatga safdan chiqdi. Ha Jordan taxminan 3 hafta atrofida maydonga tusholmaydi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Shu tariqa Xenderson APLning 3 ta bahsini va Angliya kubogidan o‘rin olgan bitta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek uning 11 mart kuni EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi javob bahsida ishtirok etishi ham so‘roq ostida.
Fikrlar