"Liverpul" muxlislari uchun noxush xabar
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha APLning 2-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga (2:0) qarshi bellashuvdan so‘ng jarohat olgan Joel Matip va Jo Gomesning holati haqida ma’lumot berib o‘tdi.
“Joda hammasi joyida, qo‘rqinchli hech narsa yo‘q. Matip bilan esa, vaziyat boshqacharoq. Jarohat u qadar jiddiy emas, ammo u bir necha hafta maydonga tusholmaydi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
“Liverpul” keyingi o‘yinni 28 sentyabr kuni “Arsenal”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar