"Liverpul" Origi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
"Liverpul" rahbariyati hujumchi Divok Origi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Liverpool Echo nashri xabar berishicha, bosh murabbiy Yurgen Klopp belgiyalik forvardni o‘z jamoasi safida saqlab qolmoqchi.
Origining "qizillar" bilan shartnomasi 2020 yilda yakunlanadi.
Ma’lumot uchun Origi joriy mavsumda "qizillar" safida APL doirasida 10ta uchrashuvda 2ta gol urdi va 1ta goli pas amalga oshirdi.
Fikrlar