"Liverpul" o‘z maydonida ochko yo‘qotdi
APL 10-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Brayton" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda maydon 2:2 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Xenderson hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada Mane oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Mvepu farqni qisqartirdi. 65-daqiqada Trossar o‘yinda muvozanatni tikladi va hisob boshqa o‘zgarmadi.
Fikrlar