“Liverpool” rahbariyati “Real”dan tavsiya so’radi

  • 10.05.2026 18:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" yangi bosh murabbiy sifatida Xabi Alonso nomzodiga to‘liq ishonch bildirmayapti. Shu munosabat bilan mersisaydliklar mutaxassisning "Qirollik klubi"dagi faoliyati haqida ma’lumot olish maqsadida Madriddning "Real" klubi bilan bog‘landi. Bu haqida AS xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Liverpul" Alonsoning tayinlanishi haqidagi qarorni ma’qullamoqchi bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, bu "ishbilarmonlar dunyosidan tavsiyanomaga o‘xshash xat." 2025 yilning yozida Trent Aleksandr-Arnoldning transferi tufayli klublar o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlikka qaramay, ular hamon ishonchli munosabatlarni saqlab qolmoqda.

Alonso o‘tgan yozda "qaymoqlilar" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 12 yanvar kuni "Qirollik klubi" ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!