“Liverpool” raqib futbolchisi Bernardu Silvani rekordchiga aylantirdi
Angliya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qilib, muhim bahsda 1:2 hisobida yutqazdi.
“Shaharliklar”ning g‘alabasiga jamoa sardori Bernardu Silva katta hissa qo‘shdi. Portugaliyalik charm to‘p ustasi raqib hisobda oldinga o‘tib olgan pallada gol urib, uchrashuvda burilish yasadi.
Bu bahs Silva uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. 2017 yildan beri Manchester klubida o‘ynayotgan futbolchi Angliya Premier-digasi doirasida “Liverpul”ga qarshi 16-uchrashuvini o‘tkazdi.
Hali APL tarixida “Manchester Siti”ning birorta vakili “Liverpul”ga qarshi bunaqa ko‘p o‘yin o‘tkazmagan.
31 yoshli Bernardu Silvaning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Xosep Gvardiola “Siti” mutasaddilaridan o‘yinchiga yangi bitim berishni so‘rayapti.
Fikrlar