"Liverpul" "Real"ning rejalarini barbod qilmoqchi
"Liverpul"ning markaziy himoyachisi Ibraima Konate mersisayd klubi rahbariyati bilan yangi shartnomani imzolash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda "Give me Sport" xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya chempioni "Real Madrid" da’vogarlik qilayotgan himoyachini saqlab qolishni istayapti. 26 yoshli frantsuzning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi. Himoyachi 60 million evroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda Ibraima mersisaydliklar safida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar