"Liverpool" Ronaldу Arauho bo‘yicha qarorga keldi
Uning masalasini hal qilish kerak
«Liverpul» himoyachi Ronald Arauho bo‘yicha o‘z qarorini qabul qildi. Mersisayd klubi futbolchini «Barselona»dan to‘liq sotib olishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi. Bu haqida jurnalist Luis Roho o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Arauhoning hozirgi o‘yin darajasidan mamnun. Agar u mavsum davomida shu saviyani saqlab qolsa, «Liverpul» uning transferi bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilib, shartnomani to‘liq sotib olishni amalga oshiradi.
Ehtimoliy kelishuv qiymati 55 million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)