
“Liverpul” Salohning o‘rniga adashini oladigan bo‘ldi
“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r futbolchisi Muhammad Salohning klubdagi kelajagiga hali oydinlik kiritilmagan.
32 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Tomonlarning hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarida hali bir to‘xtamga kelinmadi.
Shu bois, “qizillar” yangi hujumchi topib qo‘ydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Liverpul” o‘z safiga “Volfsburg”da o‘ynayotgan Muhammad Amurni qo‘shib olishni ma’qul ko‘rmoqda.
24 yoshli jazoirlik o‘yinchiga “Ayntraxt” ham da’vogarlik qilmoqda. Frankfurtliklar yanvarda “Manchester Siti”ga o‘tib ketgan Umar Marmushning o‘rnini Amur bilan to‘ldirmoqchi.
Joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda to‘qqizta to‘p kiritgan Muhammad Amurning transfer narxi 30 million evroni tashkil qilmoqda. Transfer bo‘yicha ekspertlar bu summa “Liverpul”ni to‘liq qoniqtirishi va Angliya klubi bu mablag‘ni to‘lashda qiyinchilik sezmasligini ta’kidlayapti.
Fikrlar