”Liverpool” Saloҳning o‘rnini azaliy raqibining futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

  • 27.03.2026 15:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Everton" hujumkor yarim himoyachisi Iliman Ndiaye faoliyatini Angliya Premier-ligasining nufuzli klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchining transferiga “Everton”ning azaliy raqibi "Liverpool" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydning qizil jamoasi Ilimanni kelasi yozda klubni tark etadigan misrlik Muhammad Saloҳga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Ndiayening narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Uning “Everton” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

APL joriy mavsumida vinger 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!