
"Liverpul" sardori nega Messi bilan futbolka almashtirishni xohlamaganini aytdi
"Liverpul" klubi sardori Jordan Xenderson o‘tgan mavsum EChL yarim final bellashuvidan so‘ng nega "Barselona" forvardi Lionel Messidan libos almashtirishni so‘ramaganini aytdi.
“Birinchi marta Messiga qarshi maydonga tushganimda, “bu Xudo” degan fikrda bo‘lmaganman. U bilan futbolka almashtirish? Yo‘q, bu mening qoidalarimga to‘g‘ri kelmaydi. “Sanderlend”da o‘ynagan paytlarim Roy Kin menga, agar sen kimdandir futbolka so‘rasang, u odamga pastdan yuqoriga qarab turgandek bo‘lasan deb aytgandi”, - deydi Xenderson.
32 yoshli Messi 6 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi.
Fikrlar