"Liverpul" tizimida 17 yildan buyon o‘ynayotgan futbolchi APLning boshqa grandi safiga o‘tishi mumkin

  • 22 dekabr, 2024, 13:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
Yanvar oyida "Tottenxem" "Liverpul" hamda Irlandiya terma jamoasi posboni Kuivin Kellexerga yaxshi taklif bilan chiqmoqchi. 

Kellexer "qizillar" tizimida 17 yildan buyon harakat qilib keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda 26 yoshli kiper 13 ta bellashuv o‘tkazib, 11 ta to‘p o‘tkazib yuborgan va 6 ta quruq o‘yin o‘tkazgan. 

"Transfermarkt" portali Kellexerni 22 million evroga baholamoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!