"Liverpool" transfer bozorini portlatmoqchi
Angliyaning "Liverpul" klubi jamoani yanada kuchaytirish maqsadida jiddiy transfer ustida ishlamoqchi.
Gap "Real Madrid" havbeki Jud Bellingem haqida ketmoqda. Judning "qaymoqranglilar"dan ketishi haqida mish-mishlar ko‘payib boryapti. Bir necha kun avval angliyalik futbolchini Londonning "Chelsi" klubi sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi esa Premer-liganing boshqa grandi "Liverpul" 180 million yevro evaziga Bellingemni sotib olishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Bunday transfer bilan mersisaydliklar transferlar bozorini portlatib yuborishi tabiiy. 22 yoshli futbolchi 2023 yilning yozida Madrid klubi safiga kelib qo‘shilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, havbek joriy mavsumda umumiy 23ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan va 4ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar