“Liverpul” uchta supertransferga qo‘l urmoqchi

  • 29 sentabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishga qaror qilgan.

Tecno

CaughtOffside nashri “qizillar” o‘tgan mavsum “Bayer”ning o‘z tarixida birinchi bor chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan uch futbolchini olishni mo‘ljallayotganini yozdi.

Manbaga ko‘ra, liverpulliklar nishoniga Florian Virts, Jeremi Frimpong va Esekel Palasios tushgan.

Uchala futbolchi o‘z ampluasida universal hisoblanadi. Virts hujum uyushtirishda joy tanlamaydi, Palasios maydon markazida bir necha pozitsiyani yopa oladi, Frimpong himoyaning uchta nuqtasida o‘ynashdan tashqari, hujumchilarga yordam berishni ham uddalaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!