“Liverpool” va Angliya termasida o‘ynagan mashhur hujumchisi besh yilga qamalishi mumkin
“Liverpul” klubi va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Endi Kэrrоll ayol kishini ta'qib qilishni taqiqlovchi qarorni buzgani uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ilgari u aynan shu ayolga nisbatan zo‘rlashga urinish gumoni bilan qo‘lga olingan edi. Bu haqida The Guardian gazetasi xabar bermoqda.
- Esseks grafligi politsiyasi ma'lum qilishicha, ta'qib qilish taqiqini buzganlik uchun jazo jarimadan tortib, eng og‘ir holatlarda besh yilgacha ozodlikdan mahrum etishgacha yetishi mumkin, - deyiladi The Guardian gazetasi saytida.
Kэrrоll aprel oyida zo‘rlashga urinish gumoni bilan hibsga olingan va 2026 yil fevral oyigacha shartlarga rioya qilish sharti bilan garov evaziga qo‘yib yuborilgan edi. Qayd etilishicha, u mazkur shartlarni buzgan va jabrlanuvchini ta'qib qilishni davom ettirgan. Ish bo‘yicha birinchi sud majlisi 30 dekabr kuni Chelmsford magistrat sudida bo‘lib o‘tadi.
Iyun oyida Kэrrоll 2024 yil sentyabrda shartnoma imzolagan Fransiyaning “Bordo” klubini tark etdi. O‘tgan mavsumda u klub safida 23 ta o‘yinda 11 ta gol urgandi.
So‘nggi yarim yil davomida esa angliyalik futbolchi Angliyaning oltinchi ligasida o‘ynaydigan “Dagenxэм end Redbridj” jamoasida harakat qildi.
Yuqarida zikr etilgan klublardan tashqari, Kэrrоll faoliyati davomida “Amьen”, “Nьюkasl”, “Reding”, “Vest Хэм” va “Vest Bromvich” jamoalaridagi o‘yinlari bilan ham tanilgan.
Fikrlar