
"Liverpul" va "Arsenal" A Seriya yulduzi uchun kurashishmoqda
"Atalanta" etakchilaridan biri Adebayo Lukman klub bosh murabbiyi bilan tortishib qolgach, yozgi transfer oynasida bergamoliklar safini tark etmoqchi, deb xabar bermoqda Caught Offside.
Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, nigeriyalik hujumchiga Angliya Premer-ligasidan qiziqishlar mavjud. Uni "Liverpul" va Londonning "Arsenal" klublari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
"Atalanta" Lukmanning transfer narxini 60-65 million evro atrofida baholamoqda. Futbolchi 2022 yildan beri Italiya klubida to‘p surib kelmoqda.
Ushbu mavsumda Lukman 29 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.
Fikrlar