“Liverpool” va “Arsenal” “Real” yarim himoyachisini ko‘zlashmoqda
Madridning "Real" klubi markaziy yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga "Arsenal" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 23 yoshli futbolchining xaridi Rayan Gravenberxga tushadigan yuklamani kamaytiradi, deb hisoblamoqda. Fransiyalik futbolchining "Liverpul"ga o‘tish summasi 80-100 mln yevroni tashkil qilishi mumkin. Biroq, boshqa manbalarning ta’kidlashicha, "Qirollik klubi" yarim himoyachini sotmoqchi emas.
Kamavinga joriy mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 50 mln yevroni tashkil etadi.
Fikrlar