“Liverpul” va “Chelsi” “Barsa” futbolchisini talashyapti (foto)
Angliyaning etakchi klublaridan “Liverpul” va “ Chelsi” bosh murabbiylari - Yurgen Klopp va Frenk Lempard o‘z jamoasi tarkibida “Barselona” tarbiyalanuvchisi Alexandro Baldeni ko‘rmoqchi.
Har ikki klub 17 yoshli himoyachining shartnomasini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman esa, ispaniyalik futbolchini asosiy tarkibga qo‘shib olishga qaror qildi. Balde jamoadan ketishi kutilayotgan Xunior Firponing o‘rnini egallashi kerak.

Baldening “Barselona” bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Uning badal buli atigi 200 ming evro miqdorida belgilangan. Bu summani to‘lash Angliya grandlariga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Fikrlar