"Liverpul" va "Inter" qiziqayotgan 21 yoshli ukrainalik darvozabonning narxi qancha?

  • 27.02.2023 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Donetskning “Shaxtyor” klubi “Liverpul” qiziqayotgan darvozabon Anatoliy Trubinning narxi borasida bir qarorga keldi, deb xabar bermoqda Topskills Sports UK.

Manbaga ko‘ra, “konchilar” 21 yoshli darvozabonning transferidan kamida 40 million evro ishlab olmoqchi. Aytish kerakki, ukrainalik posbonga "Inter" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Anatoliy Trubin joriy mavsum “Shaxtyor” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 24 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!