"Liverpool" vingeriga A Seriya grandi ko‘z tikdi
Italiya terma jamoasi va "Liverpul" klubi vingeri Federico Kyeza sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.
Taniqli insayder Nikola Skira bergan xabarlarga koʻra, "qizillar" hujumchisi sobiq klubi "Yuventus"ga qaytishga tayyor. Turin klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Tomonlar oʻrtasida kelasi haftada muhokamalar boshlanishi kutilmoqda. Biroq, "Liverpul" Kyezani ijaraga berishni emas, toʻlaqonli sotib yuborish variantini maʼqul koʻradi. Italyalik futbolchi 2024 yilning avgust oyida 12 million yevro evaziga "Yuventus"dan "Liverpul"ga koʻchib oʻtgan edi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi. Futbolchining narxi 18 million yevroni tashkil etadi.
Maʼlumot uchun, Federico joriy mavsumda 20ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar