“Liverpool” yana uch futbolchi kelajagini hal qiladi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati mahoratli yarim himoyachi Rayan Gravenberxning kelajagi masalasini hal qildi. Klub niderlandiyalik yulduz bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Jurnalist Pol Joys ma'lumotiga ko‘ra, endi “Liverpul” yana uch nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda.
Bu qisqa ro‘yxatga himoyachi Ibrohim Konate hamda ikki yarim himoyachi — Dominik Soboslay va Aleksis Mak Allister kiritilgan.
Shu bilan birga, Konate bilan muzokaralardagi taraqqiyot deyarli yo‘qligi ta'kidlanmoqda. Avvalroq xabar qilinganikdek, joriy mavsum tugagach, fransiyalik himoyachi erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishi kutilyapti.
Fikrlar