“Liverpool” yangi murabbiy masalasini hal qildi
“Liverpul” mutasaddilari ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraolani jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash boʻyicha ogʻzaki kelishuvga erishdi.
Angliya Premier-ligasida “Bornmut”ni muvaffaqiyatli boshqargan murabbiy endi mersisaydliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Bu haqida The Athletic jurnalisti David Ornshteyn xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, mersisaydliklar hafta oxirigacha Iraolaning tayinlanganini rasmiy eʼlon qilishi va uni tanishtirishi mumkin.
43 yoshli mutaxassis oʻz murabbiylar shtabida Pablo de la Torre, Tommi Elfik, Shon Kuper va Tom Uebber boʻlishini xohlamoqda.

Fikrlar