"Liverpool" yarim himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi
"Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rojers yozda jamoani tark etishi mumkin. Agar Birmingem klubi mavsum oxirida Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, asosiy oʻyinchisi bilan xayrlashishga majbur boʻlishi mumkin.
Transfer bozorida talab yuqori boʻlgan Rojers sotilishi mumkin boʻlgan nomzodlardan biri. "Anfield Watch" maʼlumotlariga koʻra, 23 yoshli futbolchi uchun poygada "Liverpul" yetakchilik qilmoqda. Uning potensial shartnomasi 100 million funt sterling (115 million yevro) ga baholanmoqda.
Maʼlumot uchun, Morgan Rojersning Transfermarktdagi narxi 70 million yevroni tashkil qiladi. Angliyalik futbolchining "Aston Villa" bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar