
"Liverpul" yosh markaziy himoyachiga qiziqishni oshirdi
"Liverpul" markaziy himoyachi qidirishda "Parma"ning 18 yoshli iste’dodi Jovanni Leoniga jiddiy e’tibor qaratdi. Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda merstsaydliklar qiziqishi yanada aniq maqsadga aylangan.
Yosh italiyalikka shuningdek "Inter", "Milan" va "Yuventus" ham da’vogarlik qilmoqda. "Liverpul" yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yangi markaziy himoyachi olishni rejalashtirmoqda. Hozircha ularning asosiy maqsadi — "Kristal Pelas" futbolchisi Mark Gexi.
Transfermarkt xabariga ko‘ra, Jovanni Leonining bozor qiymati 18 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar