“Liverpul” yulduzi boshqa superklubga o‘tadi

  • 09.05.2022 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane yozda Germaniya Bundesligasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi Sky Germany nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, senegallik to‘purarga “Bavariya” jiddiy qiziqmoqda va Mane myunxenliklarning yozgi transferlar mavsumi uchun asosiy nishoniga aylangan.

Klublar hali rasmiy muzokaralarni boshlagani yo‘q. Biroq, “Bavariya” sport direktor Hasan Salixamidjich Manening agentlari bilan uchrashib, bo‘lajak transfer masalasini muhokama qilgan.

Sadio “Liverpul”ga 2016 yili “Sautgempton”dan ko‘chib o‘tgan. 30 yoshli futbolchi bu mavsum barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda 20 ta gol urdi va  to‘rtta assistni amalga oshirdi. Kelasi mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan o‘yinchining transferi 80 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!