“Liverpool” yulduzi “Real”ga o‘tishga rozilik berdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslay Madridning “Real” klubi taklif etgan shartnoma shartlariga rozilik berdi.
Bu haqida SportskillsUK nashri jurnalistlari xabar chiqardi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, vengriyalik futbolchi haftasiga taxminan 350 ming funt sterling maoshni nazarda tutuvchi shartnoma shartlari asosida jamoasini almashtirishga ko‘ngan.
Soboslayning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. Angliya klubi futbolchini sotish masalasida hech qanday bosimni his qilmayapti va yarim himoyachi jamoada qolishiga ishonmoqda.
Avvalroq, Soboslay klub rahbariyatidan maoshini oshirishni so‘ragan va “Real” taklif qilgan miqdordagi summani aytgan edi. Ammo klub tomonidan bu so‘rovga rasmiy javob berilmagan.
Agar Dominik Soboslay baribir “Real”ga o‘tish tashabbusini ko‘tarsa, transfer summasi «Liverpul» pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi, hozircha klub moliyaviy talablarini bildirgani yo‘q.
Joriy mavsumda vengriyalik yarimhimoyachi «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar