
“Liverpul” yulduzini "Barsa"ga bermaydi
“Liverpul” rahbariyati etakchi yarim himoyachi Jorjino Veynaldumga yangi shartnomani imzolashni taklif qildi. Niderlandiyalik futbolchining amaldagi kelishuvi yozda nihoyasiga etadi.
Liverpulliklar rahbariyati dekabr oyi boshida Veynaldumga yangi shartnoma bergandi. Futbolchi o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘radi. Endi klub xo‘jayinlari Veynaldumdan taklifga javob berishni talab qilyapti.
Futbolchining o‘zi “Liverpul”dan ketadigan bo‘lsa, boshqa klublar bilan muzokaraga kirishishdan oldin jamoa rahbariyatini xabardor qilishini aytmoqda. Bu futbolchiga “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman anchadan beri og‘iz solyapti.
Fikrlar