
"Liverpul"da qolish uchun o‘zini o‘qqa-chuqqa urayotganlar bor
Braziliyalik yarim himoyachi Artur Yurgen Kloppga o‘zini isbotlab qo‘ymoqchi.
"The Times" nashri bergan xabarga ko‘ra, "Yuventus"dan "Liverpul"ga ijara asosida o‘tgan futbolchi o‘ziga fitnes-murabbiy, dietolog hamda fizioterapevtlar yolladi. U Angliya grandining asosiy tarkib futbolchisiga aylanishni istayapti.
Qayd etish lozim, 26 yoshli yarim himoyachining ijarasi uchun "qizillar" 4.5 million evro to‘laydi. Ingliz grandida Arturni 37.5 million evro evaziga sotib olish imkoniyati mavjud.
Fikrlar