"Liverpul"ga APL kubogi qachon topshiriladi?

  • 16 iyul, 2020, 15:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan "Liverpul"ga kubok va oltin medallar qachon topshirilishini ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, tantanali marosim 22 iyul kuni "Enfild"da, ya’ni APLning 37-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi bahsdan keyin o‘tkaziladi. Unda mersisaydliklar afsonasi Kenni Dalglish ham ishtirok etadi.

Shu bilan bir qatorda, APL “Liverpul” muxlislarini shu kuni stadion atrofida to‘planmaslikni va marosimni televizor orqali tomosha qilishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” 1990 yildan buyon ilk bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!