
“Liverpul”ga kutilmagan xaridor chiqdi
“Liverpul” xo‘jayini Jon Genri klubga yaxshi xaridor chiqsa, uni sotib yuborishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Shundan so‘ng, dubaylik shayxlar va aralash jang san’atlari ustasi Konor Makgregor “Liverpul”ni sotib olish niyatini bildirdi. Endi ular qatoriga kutilmagan xaridor – hindistonlik milliarder Mukesh Ambani qo‘shildi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.
Ambani jahondagi badavlat odamlar reytingida sakkizinchi pog‘onada qayd etilgan. Uning boyligi 102 milliard evroga teng.
Mukesh sport ixlosmandlaridan va shu bois Jon Genri so‘rayotgan 4,6 milliard evro uni cho‘chitayotgani yo‘q.
Fikrlar