“Liverpool”ga Muhammad Saloҳga ideal o‘rinbosar topib berishdi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jo Koul “Vest Xem” sardori Jarrod Bouen “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloҳ uchun ideal o‘rinbosar bo‘la oladi, degan fikrni o‘rtaga tashladi.
2017 yildan beri mersisaydliklar safida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan misrlik futbolchining “Liverpul”dagi kelajagi hamon juda noaniq bo‘lib turibdi.
Bir necha manbalarning yozishicha, yaqinda bosh murabbiy Arne Slot bilan ziddiyatga borgan Saloҳ yozda Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda.
Jo Koul “Liverpul” rahbariyatiga Saloҳning o‘rnini to‘ldirish uchun 29 yoshli Bouenga e’tibor qaratishni maslahat bermoqda. Ayni paytda “Vest Xem” Angliya Premyer-ligasidan tushib ketishi mumkin. Bu holat o‘yinchining transferini yanada osonlashtiradi.
- Jarrod — ajoyib futbolchi, kuchli xarakterga ega, “Vest Xem” qahramoni. Uning nomi bu klubda o‘ynagan barcha buyuk futbolchilar bilan bir qatorda turadi. U klubni yaxshi ko‘radi va faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida turib, sovrinlar yutish va eng yuqori darajada kurashishga loyiq.
Agar “Vest Xem” quyi ligaga tushib ketsa, bunda Jarrod Bouenning aybi bo‘lmaydi. U klubga sidqidildan xizmat qildi. Menimcha, u ketadi va muxlislarning ko‘pchiligi buni to‘g‘ri qabul qiladi.
U kimga mos? Albatta, “Liverpul”ga. Agar Saloҳ ketsa, qanotda joy bo‘shaydi. U istalgan joyda o‘ynay oladi, - dedi Jo Koul.
Fikrlar