"Liverpul"ning asosiy futbolchilaridan biri jarohat oldi

  • 03.01.2020 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kecha APLning 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Liverpul" - "Sheffild Yunayted" (2:0) uchrashuvi boshlanishidan oldin mersisaydliklar yarim himoyachisi Nabi Keyta jarohat oldi.

Gap shundaki, Keyta o‘yindan oldin o‘tkaziladigan chigalyozdi mashqlarida jarohat oldi va shu bois Yurgen Klopp asosiy tarkibda o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldi. Keytaning o‘rniga maydonga Jeyms Milner tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” 58 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!