“Liverpul”ning eng qimmat yulduzi o‘lim tahdididan keyin qo‘riqchi it sotib oldi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” hujumchisi Aleksander Isaak 30 ming funt sterlingga (34 ming evro) doberman zotli qo‘riqchi it sotib oldi.
Britaniyaning The Sun nashrida keltirilishicha, Shvetsiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniridagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki tufayli fanatlar 24 yoshli futbolchiga o‘lim bilan tahdid qilmoqda.
Isaak shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va uyini qo‘riqlash uchun doberman sotib olishiga to‘g‘ri keldi.
Qayd etilishicha, Angliya Premer-ligasi futbolchilari orasida shaxsiy mulkni himoya qilish uchun itlardan foydalanish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu Buyuk Britaniya hududida mashhurlar uylariga o‘g‘rilik va bosqinchilik uyushtirish holatlari ko‘pligi bilan izohlanyapti.
Aleksander Isaak Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng qimmat transfer sohibi hisoblanadi. Liverpulliklar shvetsiyalik yulduzni olish uchun o‘tgan yoz “Nyukasl”ga 145 million evro to‘ladi.
Fikrlar