"Liverpul"ning Isak uchun navbatdagi taklifi tayyor

  • 31.08.2025 14:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" "qarg‘alar" hujumchi Nik Voltamadeni sotib olganidan keyin "Nyukasl"ga hujumchi Aleksandr Isak transferi bo‘yicha yangi taklif bilan chiqmoqchi. Mersisaydliklar shvetsiyalik futbolchining transferi uchun 130 mln funt (149,5 mln evro) to‘lashga tayyor. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Isakning "Liverpul"ga o‘tish ehtimoli oshgan.

"Nyukasl" 25 yoshli forvardni 150 mln funtga (172,5 mln evro) baholamoqda. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, "qizillar" futbolchining transferi uchun 130 million funt sterling taklif qilishga tayyor bo‘lsa-da, ehtimoliy bonuslarni hisobga olgan holda bu summa oshishi mumkin.

Avvalroq, Isak jamoadan alohida individual dastur asosida shug‘ullanayotgani haqida xabar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!