
"Liverpul"ning ishi "engil" bitishi mumkin
"Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo yaqin orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Football Insider ma’lumotlariga ko‘ra, ekvadorlik futbolchi o‘ziga qiziqib qolgan "Liverpul"ga o‘tmoqchi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi allaqachon o‘z istagini yaqinlariga aytgan. Avvalroq esa "Brayton" 21 yoshli yarim himoyachi uchun taxminan 80 million evro talab qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bundan tashqari, Londonning "Chelsi" klubi ham Kaysedoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ekvadorlik futbolchi joriy mavsum APLda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar