"Liverpul"ning "ishtahasi" karnay

  • 13.11.2021 17:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" darvozaboni Alisson mersisaydliklarning bu mavsumdagi rejalari haqida fikr bildirdi: 

"Biz o‘zimiz o‘ynagan barcha turnirlarda g‘alaba qozonishni istaymiz. Chempionlar ligasi, APL, Angliya Kubogi va Liga Kubogi kabi musobaqalarda zafar quchishga e’tiborimizni qaratganmiz.

Bizdek jamoa oldiga shunday maqsad qo‘yishi kerak. Shunday bo‘lsa-da, o‘yindan o‘yinga kuchayib borishimiz va o‘z ustimizda ishlashimiz lozim", - dedi Alisson.

Eslatib o‘tamiz, "qizillar" bir necha kun avval APLning 11-turidan o‘rin olgan "Vest Xem"ga qarshi bahsda 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!