"Liverpul"ning qimmatbaho hujumchisi antirekord qayd etdi

  • 24.11.2025 15:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" a’zosi Aleksandr Isak mersisaydliklar tarixiga antirekord bilan kirdi.

Shvetsiyalik forvard  "qizillar" safida APL tarixida ilk to‘rtta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan ilk futbolchiga aylandi. Forvard ushbu o‘yinlarda gol yoki assist ham amalga oshira olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Isak o‘tgan yozgi transfer oynasida "Nyukasl"dan 130 million evro evaziga sotib olingan edi. Hujumchi bu mavsum chempionat doirasida 5 ta bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!