"Liverpul"ning qo‘rqinchli tushi": U finalda maydonga tushishga tayyor!

"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Chempionlar Ligasi finalida o‘ynashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

"#UCLFinal tayyor", - deya yozib qoldirdi uelslik futbolchi.

Avvalroq, Garet yangi mavsumni "Atletiko"da boshlashi haqida xabarlar tarqalgandi. Joriy mavsum 32 yoshli Beyl 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. 

"Liverpul" va "Real" o‘rtasidagi o‘yin bugun tunda 00:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!