"Liverpool"ning sobiq futbolchisi APLga qaytishni istamoqda

  • 14.04.2026 16:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum Yevropa futboliga qaytishi mumkin. Hozirda u Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubida to'p tepmoqda.

"Sky Sports" xabar berishicha, tajribali futbolchi yana Angliya Premer-ligasida o'ynash istagini bildirgan. U avvalroq "Nyukasl" va "Liverpul" klublarida harakat qilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Veynaldumning amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi, shu sabab uning Yevropa klublariga qaytishi ehtimoli mavjud.

Joriy mavsumda 35 yoshli yarim himoyachi Saudiya chempionatida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!