"Liverpul"ning sobiq himoyachisi: "Bu men ko‘rgan eng yaxshi final bo‘ldi"

  • 20 dekabr, 2022, 13:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Glen Jonson JCh-2022 finalini shu paytgacha bo‘lib o‘tgan turnirlar davomidagi eng yaxshisi deb atadi.

"Bu, albatta, men ko‘rgan eng yaxshi final, shubhasiz, printsipial jihatdan eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi. U erda qizil kartochkadan boshqa hamma narsa bor edi: ajoyib hujum, kuchli himoya, gollar, seyvlar...

Menimcha, bu men ko‘rgan eng yaxshi yakun. Ushbu final 2005 yilda Istanbulda bo‘lib o‘tgan o‘yindan ham yaxshiroq tus oldi. To‘g‘ri, o‘shanda "Liverpul" ajoyib kambek qilgan edi, biroq JCh finalining obro‘si bu kabi o‘yinlardan ancha yuqoriroq turadi", - dedi Jonson.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada o‘tgan finalda "qizil iblislar" "rossonerilar"ni alamli kambek bilan jazolagan va yakunda EChL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Qatardagi mundialning hal qiluvchi bahsida esa Argentina Frantsiyani o‘shanga o‘xshash hisobda taslim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!