
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Rossiya klubida tajriba oshiryapti
“Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Denis Korostichenko ayni paytda Rossiyada bo‘lib turibdi.
Gap shundaki, u Rossiya premer-ligasi qatnashchilaridan biri – “Ximki” klubida murabbiylik amaliyotini o‘tamoqda. Shuningdek, u bilan birga yana bir o‘zbekistonlik murabbiy Islom Ismoilov ham “Ximki” jamoasida tajriba oshirmoqda. Shuni aytish lozimki, "Ximki" jamoasini Sergey Yuran boshqaryapti va murabbiylarimiz ushbu mutaxassis bilan ham uchrashishdi.
Ularning ushbu safari 21-28 mart kunlarini o‘z ichiga oladi. Korostichenko ushub safari xususida Sports.uz saytiga quyidagilarni aytdi:
“Hammasi juda qiziq. Bu erda o‘rganadiganlarim bor. Bilasizmi, yaxshi murabbiylarning o‘z klublarini qanday tayyorlayotganini tomosha qilish har doim qiziq va biz uchun muhim. Tez orada pro litsenziyasi uchun o‘qishning 5-moduli boshlanadi. Bizning oldimizda xorij klubida amaliyot o‘tash vazifasi turgandi. Shuning uchun ham “Ximki” klubida amaliyot o‘tayapmiz.
Keyin TsSKAning akademiyasiga boraman va ularning qanday ishlashini ham ko‘rmoqchiman”, - dedi “Loko” ustozi.
Fikrlar