"Lokomotiv" darvozaboni erkin agentga aylandi. Unga Superliga klublaridan qiziqishlar bor!

  • 6 dekabr, 2021, 12:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv" darvozaboni Javohir Ilyosov erkin agentga aylandi. Posbonning "temiryo‘lchilar" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etdi.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Ilyosov xizmatiga Superliganing bir nechta klublaridan qiziqishlar bor. Hozircha jamoalarning nomi oshkor qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli davrozabon 2019 yil Toshkent klubi safiga kelib qo‘shilgandi. U joriy mavsum 19ta o‘yinda maydonga tushib, 24ta gol o‘tkazib yubordi va 4ta bahsda o‘z darvozasi daxilsizligini saqlab qolgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!