
"Lokomotiv" etakchisi "Qizilqum" bilan shartnoma imzolash arafasida
"Lokomotiv" etakchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirishga yaqin turibdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum qilinishicha, hujumchiga "Qizilqum"ga o‘tishi mumkin. Tomonlar tez fursatda yangi shartnoma imzolaydi. 30 yoshli futbolchiga qiziqish borligini klub matbuot kotibi tasdiqladi.
Avvalroq, Abduxoliqov unga Superliga va xorij klublaridan qiziqish borligini ma’lum qilgandi. Voqealar rivojini saytimiz orqali kuzatib boring!
Fikrlar