"Lokomotiv" futbolchisi yarim mavsum davomida "Real" va "Barselona"ga gol urdi

  • 28 iyun, 2020, 10:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 32-turida “Selta” o‘z maydonida chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblangan “Barselona”ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Mezbonlarning dastlabki goliga Fyodor Smolov mualliflik qildi. E’tiborlisi, yanvarda jamoaga kelib qo‘shilgan rossiyalik futbolchi “Real”ga qarshi o‘yinda ham gol urgan edi.

Ma’lumot uchun, Smolov asli “Lokomotiv” futbolchisi hisoblanadi. U “Selta” safida ijara asosida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!