"Lokomotiv" "Inter" futbolchisini to‘liq sotib olmoqchi

  • 5 dekabr, 2019, 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Lokomotiv" klubi portugaliyalik yarim himoyachi Joau Mariuning transferini  "Inter"dan to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato.com nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “temiryo‘lchilar” 26 yoshli futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan to‘liq qoniqish xosil qilishmoqda. Ular tez orada Mariuning agenti bilan uchrashuvb, uni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.  Biroq, bundan avvalroq “Lokomotiv” rahbariyati futbolchining o‘zidan roziligini olishi kerak.

Ma’lumot uchun, Mariu joriy mavsum “Lokomotiv” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 18 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!