"Lokomotiv" Moskvaning sobiq skauti: Jaloliddinov darhol Belarus yoki Sharqiy Evropa klublariga ijaraga berib yuborilishi kerak edi
Moskvaning “Lokomotiv” klubi sobiq skauti Denis Kolev o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovning transferi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu qaysidir ma’noda mening ham xatom, deb hisoblayman. Uni o‘yinni yaxshi tushunadigan va texnikasi yuqori futbolchi, deb ijobiy tavsif berishdi. Ammo unga atletizmning etishmasligi borasida etarli darajada baho berilmagan.
Ushbu transferning istiqbolini biroz boshqacha tasavvur qilgandim. Men uni premer-liga klubiga emas, Belarus yoki Sharqiy Evropa klublaridan biriga ijaraga berilishini kutgandim.
Va, albatta, uning transferi 300 ming evro bo‘lishi mumkin edi. Men buni 300-400 ming evrolik transfer, deb o‘ylayman va hozir ham shu fikrdaman.
Umid qilamanki, bu voqealar unga unchalik ta’sir qilmagan. Men uni shaxsan tanimayman, ammo bu yigitning xarakteri kuchli va o‘z yo‘lida davom etadi, deb o‘ylayman. Menimcha, u yaxshi futbolchi bo‘la oladi. Uning transferi haqli, deb o‘ylayman”, - dedi Kolev.
Eslatib o‘tamiz, Jasur Jaloliddinov hozirda “Andijon” futbolchisi hisoblanadi.



Fikrlar